Статьи : Iskandarova Sharifaxon Madaliyevna
Maqolada zamon tushunchasi va uning o‘ziga xos talqini, jahon va o‘zbek tilshunosligida temporallikning ifodalanish xususiyatlari, mazkur tushunchaning Muhammad Yusuf she'riyati misolidagi ahamiyati masalalari yoritilgan. Temporallikning jahon va o‘zbek tilshunosligidagi o‘rganilganlik darajasi, bu hodisaga falsafa va tilshunoslikdagi yondashuvlar bayon etilgan. Bilish jarayonining bosqichlari, aqliy va hissiy bilish orqali zamonni idrok etish, his qilish, til taraqqiyotida mufassal anglab yetish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Makon va zamon tushunchalarining keng qamrovliligi, bog‘liqligi , badiiy matnda namoyon bo‘lishi yoritilgan. Muhammad Yusuf she'rlarida zamonni ifodalovchi leksemalarning tilning ma'lum sathlarida ifodalanishi bayon etilgan. Til tamaddun shakllanishidagi asosiy mezon sifatida zamon bilan bog‘liq ravishda rivojlanib, sayqallanib borishi Muhammad Yusuf she'rlari misolida tahlil etilgan. Lingvistikada zamon tushunchasi bir vaqtda bir necha hududlarni qamrab olishi bayon etilgan.
#nutq #gap #zamon tushunchasi #temporallik
Ushbu maqolada abstraktsiya tushunchasi va uning insoniyat tafakkuri bilan bog‘liqligi yoritiladi. Abstraktsiya tushunchasini izohlashda miflarga, folklor namunalariga, diniy matnlarga murojaat qilinadi. Maqolada mavhum va aniq otlarning grammatik xususiyatlari izohlanadi. O‘zbek tili grammatikasining shakllanish tarixi va mazkur sohada olib borilgan tadqiqotlar haqida bahs yuritiladi.. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” , xalq og‘zaki ijodi namunalari va Alisher Navoiy ijodida uchraydigan mavhum otlarga murojaat etiladi. Denotativ va signifikativ ma’nolar izohlanadi. Abstrakt otlarni o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi va mazkur sohada olib borilgan tadqiqotlar kabi masalalar xususida so‘z yuritiladi.
#folklor #morfologiya #ot so‘z turkumi #mavhum otlar #denotativ ma’no #signifikativ ma’no
Ushbu maqolada Qo‘qon adabiy muhiti vakili Muqimiy asarlarida ko‘chimlarning semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Shoir asarlarida qo‘llanilgan metaforaning oddiy, sinestezik, personifikatsiya kabi turlari tadqiq qilingan.
#oddiy metafora #sinestezik metafora #personifikatsiya