Статьи : Murodaliyev Raxmonali Xaydarali o'g'li

92-97 389 Sep 30, 2022 11:48:30 AM
Аннотация

Ushbu maqolada Toshkent viloyati hududida joylashgan ko‘chmanchi chorvadorlarga taalluqli So‘ngak mozor- qo‘rg‘onida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar va uni davrlashtirilishi masalalari bayon qilingan. Ushbu arxeologik yodgorlik Qovunchi madaniyatining III bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash kerakki, bu paytda Chotqol daryosi havzasi orqali Talas vodiysi va Yettisuv hududlari bilan madaniy aloqalar shakllanib, u joylardan vohaning shimoli-sharqiy qismlariga yangi etnik guruhlar ham kirib kelgan. Natijada Chorvoq hududida VI-VIII asrlardan qo‘nar-ko‘char jamoalarning o‘troqlashuv jarayoni tezlashgan. Keyingi paytlarda, mutaxassis arxeologlar tomonidan yetarlicha o‘rganilmagan Chorvoq hududini muallif tomonidan arxeologik jihatdan qayta o‘rganish ayrim yangi fikr-mulohazalarni ilgari surilishiga sabab bo‘lgan.

#arxeologik tadqiqot #Choch vohasi #So‘ngak mozor-qo‘rg‘oni #ko‘chmanchi madaniyat #qo‘nar- ko‘char