Статьи : Sabirdinov Akbar Gofurovich
Maqolada Usmon Nosir she’riy mahorati va uslubining o‘ziga xosliklarini yoritish maqsad qilingan. Avtobiografik, qiyosiy, tarixiy-funksional metodlar asosida shoir she’rlari tahlilga tortilgan. Muhabbat, bolalik, vatan mavzulari talqini orqali Usmon Nosir she’riyatining XX asr o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Hassos ijodkor uslubiga xos jihat nozik tuyg‘ularni tabiat tasviriga uyg‘un ifodalash, o‘xshatish, qiyos, taqqos, jonlantirish orqali tasvirdagi hayotiylik, ta’sirchanlikni ta’minlash ekanligi yoritilgan.
#iste’dod #uslub #milliylik #tasvir #mahorat #shoir #tarjimon #dostonnavis #qatag‘on davri #o‘zbek adabiyoti #XX asr
Мақолада Абдулла Ориповнинг “Куз хаёллари” шеъри таҳлили орқали шоирнинг сўз қўллаш маҳорати ёритилган. Тасвирий ифода ва воситалардан, шеърий санъатлардан фойдаланиб чуқур фалсафий фикрни сатрларга сингдиришдаги шоир маҳорати тадқиқ этилган.
#сўз #бадиий маҳорат #тасвирий воситалар #шеърий санъатлар #фалсафий фикр #банд тизимлари
Maqolada Mirtemir she’riyatining mavzu ko‘lami, badiiyati masalalari yoritilgan. Shoir she’riyatining uslubiy xususiyatlari, tasvir ko‘lami tadqiq etilgan. Mirtemir asarlarining XX asr o‘zbek she’riyati taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
#she’riyat #mavzu #mahorat #so‘z va ibora #tasvir ko‘lami #so‘z o‘yinlari #she’riy matn #ohangdorlik