Статьи : Alimova Zarifa Vaxobovna

233-237 400 May 26, 2022 3:29:30 PM
Аннотация

Ushbu  maqolada o‘zbek tilshunosligida fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan frazeologik birliklar haqida, ularning semantik tuzilishi  tilning lug’at boyligini ko‘rsatuvchi muhim xususiyatlardan biri ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Frazeologik birliklarni o‘rganishning metod va usullari juda ko‘p. Xususan, struktural-tipologik metod, variatsion metod, kontekstologik metod, komplikativ metod va boshqa shu kabi metodlar frazeologik birliklarni o‘rganishda juda muhimdir. Maqolada  barcha tillarda  barqaror so‘z birikmalari mavjud  bo‘lib, ulardan foydalanish orqali  nutqdagi fikr ma’nosi  anglashilishi borasida ham fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, fors tilida qo‘llanuvchi ayrim frazeologizmlar va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari haqida to‘xtalib o‘tiladi. 

#frazeologik birliklar #o‘zlashgan so‘zlar #tilning leksik boyligi #semantic o‘zgarishlar #til leksikologiyasi

233-237 355 Aug 31, 2022 1:53:47 PM
Аннотация

Ushbu  maqolada o‘zbek tilshunosligida fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan frazeologik birliklar haqida, ularning semantik tuzilishi  tilning lug’at boyligini ko‘rsatuvchi muhim xususiyatlardan biri ekanligi haqida so‘z yuritiladi. 
Frazeologik birliklarni o‘rganishning metod va usullari juda ko‘p. Xususan, struktural-tipologik metod, variatsion metod, kontekstologik metod, komplikativ metod va boshqa shu kabi metodlar frazeologik birliklarni o‘rganishda juda muhimdir. 
Maqolada  barcha tillarda  barqaror so‘z birikmalari mavjud  bo‘lib, ulardan foydalanish orqali  nutqdagi fikr ma’nosi  anglashilishi borasida ham fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, fors tilida qo‘llanuvchi ayrim frazeologizmlar va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari haqida to‘xtalib o‘tiladi.

#frazeologik birliklar #o‘zlashgan so‘zlar #tilning leksik boyligi #semantic o‘zgarishlar #til leksikologiyasi

114-119 547 Nov 10, 2022 2:43:19 PM
Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek publisistikasining tamal toshlaridan biri bo‘lgan “Sadoi Turkiston” gazetasi haqida fikr yuritiladi. Gazetaning xususiyatlari, tarixi, noshirlik bilan bog‘liq masalalar, o‘sha davr gazeta nashr etish bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlar e’tiborga olingan. Shuningdek, maqolada Ashurali Zohiriy ijodiga mansub “Ona tili” deb nomlangan maqolasining asl nusxasi va uning transliterasiyasi keltirilgan bo‘lib, bu filologlar, tarixchilar, publisistlar, manbashunoslar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Transliterasiya qilingan matnni tadqiq etish orqali o‘sha davr o‘zbek tili xususiyatlari, matn qurilishi, noshirlik tarixi bilan bog‘liq yangi bilimlarni o‘zlashtirish mumkin.

#maqola #gazeta #tiltarixi #matnshunoslik #manbashunoslik #noshirlik #publisistika #matbuot

306-309 394 Jan 20, 2023 6:13:16 PM
Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida so‘z yasalishida derivatsion formantlarning  xusuiyatlari va gapda bajaradigan vazifalari  haqida  so‘z boradi. Shuningdek, ushbu formantlarning tildan foydalanishdagi o‘rnini qay darajada ekanligini ifodalab berish yuzasidan mulohazalar yuritiladi. Xususan, so‘z yasalishi jarayoni  derivatsiya  deb nomlanib, morfemalar qo‘shiluvi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, u morfologiya, to‘g‘rirog‘i morfemika bilan tutashishi, yasovchi morfema bilan asos morfemaning qo‘shiluvi natijasida yangi leksema vujudga kelishi,  derivatsiya tilshunoslikning morfologiya bo‘limida o‘rganilishi, o‘zbek va ingliz tillarida  so‘z yasalishi o‘rtasida katta farq borligi  haqida ham fikrlar bildirilgan. Shuningdek, maqolada o‘zbek va ingliz tillarida ko‘p uchraydigan prefikslar va suffikslar haqida so‘z boradi.

#so‘z yasalishi #derivatsiya #morfema #til #tilni rivojlantirish #so‘z o‘zgarishi