Статьи : Zokirov Islomjon Ilhomjonovich

32-37 962 May 26, 2022 2:49:58 AM
Аннотация

Maqolada sabzavot-poliz zararkunanda hasharotlarining entomofaglari taksonomik jihatdan, entomologik uslublar asosida tahlil etilgan. Tadqiqotlar ushbu hududda dominantlik qiluvchi entomofaglarning 5 turkumiga mansub 17 oilaning 72 turi uchrashini ko‘rsatdi. Markaziy Farg‘ona entomofaunasida cho‘lga xos turlar va aborigen turlar ulushi ko‘p, biroq adventiv yoki alloxton turlar almashinuvi sekindir.

Sabzavot-poliz ekinlari hasharotlari tabiiy kushandalari Hemiptera turkumining 5 ta oilasiga mansub 8 tur, Hymenoptera – 6 oilaning 21 turi, Coleoptera – 2 oilaga mansub 27 tur, Neuroptera – 1 oilaning 4 turi va Diptera turkumining 4 oilaga mansub 12 turni tashkil etadi.

Sabzavot-poliz ekinlari zararkunandalarida aniqlangan tabiiy kushandalarning 19 turi uchrash darajasi yuqori, 22 turi tez-tez uchrovchi va qolgan 31 turi esa kam yoki tasodifan uchrovchi hasharotlardir. Entomofaglarning 6 turi monofag bo‘lib, 31 turi oligofag va 35 turi polifagdir. Ular xo‘jayin yoki o‘lja organizmi bilan  oziqlanishiga ko‘ra 41 turi yirtqich va 31 turi parazitlik qiladi.

#fauna #hasharot #sabzavot-poliz #agrotsenoz #entomofag

291-296 370 Dec 16, 2022 7:31:12 PM
Аннотация

Maqolada pomidor agrotsenozi misolida hasharotlarning “fitofag-xo‘jayin” munosabatlar tizimi yoritilgan. Bir nechta oilaga mansub hasharotlar o‘simlikning turli organlari bilan ochiq sharoitda sun’iy oziqlantirilganda, ularning ozuqani iste’mol qilish miqdori turlicha bo‘lishi aniqlangan.

Tadqiqotlar davomida buzoqboshi (G.gryllotalpa), simqurt (A.meticulosus) va kolorado qo‘ng‘izi (L.decemlineata) pomidor o‘simligi uchun mukammal ixtisoslashgan turlar ekanligi izohlab berilgan. Sun’iy oziqlantirilgan hasharotlar ichida shiralarning (M.euphorbiae) keskin avlod qoldirish xususiyati namoyon bo‘lgan.

Ixtisoslashmagan o‘simlik organi bilan parvarish qilingan hasharotlar nobud bo‘lib ketmaslik uchungina juda kam miqdorda oziqlanadi. Ularning yashovchanligi 2-3 kungacha davom etishi mumkin. Hasharotlar ichida M.euphorbiae, Th.tabaci, L.decemlineata va H.armigera turlari uchun pomidor maqbul o‘simlik hisoblanadi.

Eng muhim va jiddiy zarar yetkazuvchi dominant va subdominant hasharotlarning pomidor o‘simligiga ta’sir darajasi aniqlangan. Bunda o‘simliklarda bo‘ladigan turli o‘zgarishlar mezon sifatida belgilab olingan. Pomidor o‘simligiga hasharotlarning ta’sir kuchi darajasi yuqori bo‘lishi isbotlagan.

#evolyutsiya #“fitofag-xo‘jayin” #fitoadaptatsiya #ta’sir kuchi darajasi #doimiy

475-479 356 Jan 21, 2023 7:20:10 PM
Аннотация

Anorzor agrobiotsenozining fitofag hasharotlari bir asrdan ortiq davr mobaynida olimlarni tashvishga solib keladi. Bu borada bir qator izlanishlar olib borilgan. Farg‘ona viloyati sharoitida anor agrobiotsenozida hasharotlarning 8 oilaga mansub 12 turi, o‘rgimchaksimonlarning 2 turi qayd etildi.

Anorzor agropbiotsenozida zararkunanda hasharotlarning Scarabaeidae oilasidan eng ko‘p turlar – jami 4 tani yoki entomofaunaning 33,3 % ni tashkil etadi. Keyingi o‘rinda Pyralidae oilasidan 2 ta (16,6%) tur qayd etilgan bo‘lsa,  Aphididae, Tephritidae, Pseudococcidae, Diaspididae, Aleyrodidae, Curculionidae kabi oilalardan 1 tadan (8,3%) turlar uchrashi ma’lum bo‘ldi.

#hasharot #anor #fitofag #agrobiotsеnoz #Scarabaeidae #Pyralidae #Aphididae #Tephritidae #Pseudococcidae #Diaspididae #Aleyrodidae #Curculionidae