Articles : Mannopov Islomjon Sultonaliyevich
Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk vakili Xojanazar Huvaydo shaxsi va ijodining mumtoz adabiyotda tutgan o‘rni xususida so‘z yuritiladi. Uning boy ijodiy merosi – mumtoz janrdagi she’rlardan iborat “Devon” i, “Rohati dil”, “Ibrohim Adham” dostonlarining mohiyati tasavvufiy hamda badiiy talqinda o‘rganiladi. Shu orqali taniqli adib Ahmad Yassaviy boshlab bergan tasavvuf adabiyotining oʻziga xos an’anlari shoir ijodida qay darajada ko‘rilishi aniqlanadi. Ushbu an’analar shoir ijodidagi bir qancha namunalarni tahlil qilish jarayonida Huvaydo asarlarida gʻoyaviy jihatdan toʻliq oʻz aksini topganligi namoyon boʻladi. Bular nafsga qarshi kurash, oʻtkinchi dunyo nayranglariga aldanmaslik, diniy ahkomlarda sobit turish, manmanlik, takabburlik kabi yomon illatlardan yiroq yashash kabilarda toʻla namoyon boʻladi.
#devon #Tasavvuf adabiyoti #“Rohati dil” #nafsga qarshi kurash #dunyo #“Nasabnomayi eshon Huvaydo”