Articles : Xamdamova Muyassarxon Nematovna

243-245 505 Jan 19, 2023 6:27:12 PM
Annotation

Maqolada o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida yurislingvistika yo‘nalishining qay darajada muhim o‘rin tutishi, ahamiyati ochib beriladi. Muallif mavzu mohiyatini ochiqlashda yuridik terminlarni misol tariqasida keltiradi va O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida ularning qo‘llanilishiga to‘xtalib, mazkur yo‘nalishda jahon tilshunoslari, huquqshunoslari va o‘zbek tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan izlanishlarga murojaat qiladi. Xususan, yuridik terminlar lug‘ati, huquqiy atamalarning o‘z va o‘zlashgan qatlamga mansublik darajasi, terminlarning leksik-semantik xususiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarni keltirib o‘tadi. Qolaversa, ushbu mavzuda hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar,  ilmiy izlanishlar oldinda ekanligini qayd qiladi. Chunki shu kunga qadar yurislingvistika yo‘nalishida amalga oshirilgan izlanishlar yo tilshunoslar yoki huquqshunoslar tomonidangina olib borilgan bo‘lib, ushbu tadqiqotlarda har bir izlanuvchi o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda aksariyat hollarda mavzuga biryoqlama yondoshganini bildiradi. YA’ni tilshunos o‘z nuqtai nazaridan, huquqshunos esa o‘z qarashlari bilan mavzu mohiyatini ochiqlashga kirishganligini ta’kidlaydi. Shu bilan birgalikda yurislingvistika sohasida katta ilmiy izlanishlar olib borgan o‘zbek tadqiqotchilari yutug‘ini alohida e’tirof etadi. Lekin ushbu sohadagi ilmiy izlanishlarning ham tilshunoslik, ham yuridik soha bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan tadqiqotchilar tomonidan olib borilishi har ikki soha o‘rtasidagi oraliq muvozanatni ta’minlashda, saqlashda muhim o‘rin tutishini bildiradi.

#tilshunoslik #normativ-huquqiy hujjat #yuridik termin #huquqiy atamalar lug‘ati #huquqshunoslik #milliy qonunchilik