Articles : Gulmatova Mahliyo Rasuljon qizi

395-400 450 Jan 21, 2023 5:24:24 PM
Annotation

Mazkur maqolada uslubshunoslikning tilshunoslik bo‘limi sifatida vujudga kelishi va funksional uslublarning, xususan, ilmiy uslubning shakllanishi va ularga oid tadqiqotlar tarixini o‘rganish maqsad qilingan. Tadqiqotda lingvistik tahlil, kuzatish, qiyoslash, tasniflash, leksikografik, semantik-stilistik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Stilistika tilshunoslik fanining eng avval shakllangan bo‘limi hisoblanadi. Funksional uslublar insonlar jamoa bo‘lib yashagan paytdan mavjud bo‘lgan. Bu davrda funksional uslublar mavjud bo‘lsa ham, ilmiy jihatdan o‘ragnilmagan. Tilshunoslikning fan sifatida tan olinishi va olimlar tomonidan chuqur o‘rganilishi natijasida, uning turli bo‘limlardan iborat ekanligi isbotlangan. XX asr boshlaridan stilistikaning ilmiy asoslari shakllangan. XX asr o‘rtalaridan  stilistikaning markaziy masalalari va funksional uslublar haqidagi nazariyalar vujudga kelgan. Xususan, ilmiy uslubning dastlabki ildizlarini qadimgi turk tili davridanoq ko‘rishimiz mumkin. Ilmiy uslubning turk (o‘zbek) tilida shakllanishi va rivojlanishida esa  Alisher Navoiy asarlari muhim ahamiyatga ega. Keyinchalik rus istilosi va  ijtimoiy-siyosiy omillar sababli fanlarning ilmiy bayon uslubida bir qancha o‘zgarishlar ro‘y bergan. O‘zbek tilshunosligida ilmiy uslubning til xususiyatlari XX asr oxirlarida monogarfik tarzda tadqiq etilgan.

#nutq #til #uslubshunoslik #funksional uslub #ilmiy uslub #til stilistikasi #nutq stilistikasi