Articles : Botirov Sunnatjon Xudoyberdi ogli
Ushbu maqolada ekologiyaga, asosan ichimlik suvini zararli metall ionlari va konserogan moddalar bilan ifloslanish yo‘llari hamda ularni tozalashda foydalaniladigan kimyoviy, fizikaviy, texnologik usullarni afzallik va kamchiliklari haqida ma’lumot berilgan. Bu usullardan sorbsiya jarayoning boshqa usullardan afzalliklari keltirilgan. Shuningdek, mualliflar tamonidan o‘rganilgan suvni zararli moddalardan tozalashda ishlatiladigan biosorbentlar olish sharoitlari va ularning sorbsion xossalari keltirilgan. Biosorbent olishda tabiiy polimer chiqindilari, manbalari va ularni qayta ishlash sharoitlari yoritib berilgan. Sholi qobig‘ini aktiflash, mehnik ishlov berish va uni mochavina bilan modifikatsiyalash mahsulotini boshqa biosorbentlarga nisbatan sorbsion xossalari solishtirilgan. Bundan tashqari, tabiiy polimerlarni manbalariga ko‘ra turlari va ularning sun’iy metall tuzlari eritmalaridan 1 g sorbent uchun sorbsiya miqdorlari keltirilgan. Biomateriallarning sorbsion xossalarini Fredlix va Lingmur izoterma modeli metodlaridan foydalanilgan. Yutilgan metall ioni miqdorini aniqlashda SHIMADZU (UV-1900) spektrofotometrdan foydalanildi.
#oqova suv #biomassa #sorbsiya #modifikatsiya #tabiiy polimer #biosorbent #sholi qobig‘i #metall ioni