Articles : Jo'rayev Murod Maxmarajab o'g'li

299-303 398 Oct 4, 2022 1:33:51 PM
Annotation

Tadqiqot maqsadi polivinilxlorid asosida olingan yangi sorbentning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganishdan iborat. Tatdqiqotlar termogravimetrik analiz, differentsial termik analiz, kompleksonometriya kabi zamonaviy usullar yordamida eksperimental natijalar olinganligi bilan asoslangan. Sorbent va sorbat o‘rtasidagi ion muvozanati Lengmyur va Freundlix izoterma modellari, sorbsiya termodinamikasi haqidagi zamonaviy nazariyalarda ishlatiladigan tenglamalarni qo‘llash orqali xulosalar chiqarilgan. PVX asosida olingan ionitning fizik kimyoviy xossasi o‘rganish natijasida yuqori termik barqarorlikka egaligi va metall ionlarining yutilishi yuqori darajada ekanligi aniqlangan.

#sorbsiya #ion #polivinilxlorid #kationit

29-32 345 Oct 12, 2022 5:04:08 PM
Annotation

Таркибида амино ва сульфогуруҳлари тутган янги поликомплексоннинг ғоваклик ўлчами моноқават сиғими (Xm,г/г), солиштирма юзаси (Ssol, м2/г), микроғовак қиймати (W0, см3/г), тўйиниш ҳажми (Vs), мезоғовак қиймати (Wme) ҳамда тешикларнинг ғовак радиуси қийматларини аниқлаш мақсадида паст молекуляр моддалар буғларининг сорбцияси ўрганилди. Шунингдек, амфолитга сунъий эритмалардан Сu2+ ионларининг ютилиш кинетикаси тадқиқ қилинди.

#ионит #сорбция #кинетика #полиамфолит #поливинилхлорид пластикат #ғоваклик даражаси #мис иони