Articles : Ismoilov Muminjon Yusupovich

262-266 238 Oct 4, 2022 11:17:03 AM
Annotation

Maqolada neft tarkibidagi kislotalarda eng koʼp oʼrganilgani naften kislotalari boʼlib, ular neftning barcha tarkibiy qismlarida uchraydi. Ularni neft franktsiyalarini tarkibidan ajratib olish va xossalarini oʼrganish muhim ahamiyat kasb etadi. Radiusi 70 A0 bo‘lgan silikagel va alyuminiy oksidi neftning kislorodli tarkibiy qismlariga (fenol, yog‘ va naften kislotalari) nisbatan juda faol, lekin ular yoqilg‘ining uglevodorod qismini ham oz miqdorda adsorbsiya qiladi. Binobarin, bu sorbentlar yordamida ajratib olinganda, naften kislotalari tarkibida 10% ga yaqin uglevodorod aralashmalari bo‘ladi.
Naften kislotalarini uglevodorodlardan tozalashda qo‘shimcha texnologik jarayonlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun g‘ovak radiusi 300 A0 bo‘lgan eng yirik g‘ovakli silikageldan foydalangan ma'qul. Neft kislotalari ichida eng ko‘p o‘rganilgani naften kislotalari bo‘lib, ular neftning barcha tarkibiy qismlarida uchraydi. Ularni neft fraksiyalaridan ajratish va xossalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

#adsorbent #fenol #naften kislotalar #neft franktsiyalari #KSK-2 #silikogel bentonit #С-68 markali poliamid smolasi #yogʼ kislotalari #bentonit

315-321 169 Oct 4, 2022 1:57:05 PM
Annotation

Tadqiqotning maqsad Karaulbozor neft moylaridan, tovar neftidan, neft konining oqava suvlaridan, shuningdek, naften konsentratlari va dizel yoqilg‘isi fraktsiyalarini oksidlash natijasida olingan sintetik kislotalardan ajratilgan tabiiy neft kislotalari tarkibini o‘rganish, neft va neft maxsulotlari tarkibidagi naften kislotalarning miqdorini aniqlashdan iborat. Tadqiqot natijalari. Tajriba jarayonida fraksiya unumi aniqlandi. Ishqorli chiqindilarni qo‘sh indikatorlar yordamida uch karra titrlash usuli bilan sovunli naften tarkibidagi naften kislotalarning miqdorini aniqlash usuli ishlab chiqildi va Karaulbozor neftlaridan naften kislotalarni kamaytirish natijasida olingan izoparafin-naften uglevodorodlarning tarkibi, Karaulbozor neftidan ajratib olingan neft kislotalarining fraktsion tarkibi.

#Naften kislota #monotsiklik #bitsiklik #tritsiklik #tetratsiklik #pentatsiklik naften kislotalar #kislota soni #metil efirlari