Articles : Ahmedov Rahmonjon Rasulovich

63-69 330 Sep 29, 2022 8:07:57 PM
Annotation

Ushbu maqolada sovet hukumatining Turkiston ASSRda katta yoshdagi aholi o‘rtasida o‘tkazgan savodsizlikni tugatish chora-tadbirlari 1918-1922-yillar davriy chegarasida tahlil etish maqsadi belgilangan. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, maqolada Turkiston ASSRdagi savodsizlikka qarshi kurashning dastlabki tajribasi sovet hukumati tomonidan muammoni hal qilishning o‘ziga xos strategiyasini ishlab chiqish uchun qay tariqa qo‘llangani ko‘rsatib o‘tildi. XX asr 20-yillari birinchi yarmida Turkiston ASSRda savodsizlikni tugatish jarayonlari tanqidiy o‘rganilib, bu jarayonda yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar aniqlandi. Shuningdek, 1918-1922-yillarda Turkiston ASSRda savodsizlikka qarshi kurashda qanday yangi tendensiyalar paydo bo‘lgani ochib berildi.  Maqolada tarixiy-xronologik, qiyosiy tahlil, statistik tahlil, miqdoriy tahlil, mazmuniy tahlil va fanlararo yondashuv usullaridan foydalanildi. Savodsizlikni tugatish ishlarining Turkiston ASSRda joriy etilishi va uning jarayonlari, savodsizlikni tugatish maktablarini tashkil etish, maktablar moddiy-texnik bazasi va mutaxassis kadrlar ta’minotidagi muammolar va ularni hal etilishiga doir ma’lumotlar umumlashtirilgan, savodsizlikni tugatish ishlarining Turkiston ASSRga xos jihatlari aniqlangan.

#mafkura #Turkiston ASSR #savodsizlikni tugatish #“madaniy inqilob” #bolsheviklar hokimiyati #savodsizlikni tugatish maktablari #sovet maktablari #alifbo