Articles : Usmonov Otabek Iqboljon o'g'li

178-181 464 Jul 7, 2022 4:34:21 PM
Annotation

Maqolada diniy frazeologizmlarning ichki shakli va frazeologik maʼno o‘rtasidagi mutanosiblik masalasi o‘rganilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun ko‘p aspektli fanlararo yondashuvga asoslanilgan hamda semantik metod, komponent tahlil metodi, lingvomadaniy tahlil metodi, kommunikativ tilshunoslik metodlari, xususan, transformatsion metodika qo‘llanilgan. Qo‘shimcha tadqiqot usullari sifatida etimologik sharhlash va lug‘at taʼriflari (definitsiyalari)ni semantik tahlil qilish usullari qo‘llanilgan. Natijada diniy frazeolik birlik ichki shaklining muhim xususiyati uning dinamik tushuncha ekanligi, uni so‘zlovchilar tomonidan  idrok qilish til taraqqiyotining turli davrlarida o‘zgarib borishi hodisasi yoritilgan.
 

#frazeologik birlik #ichki shakl #frazeologik maʼno #frazeologik birlik prototipi #diniy frazeologizm #etimologik maʼno #diaxron va sinxron motivlashtirilganlik #diniy anʼana