Articles : Jumanova Shahnoza

151-154 774 Jul 7, 2022 12:48:22 AM
Annotation

Mazkur maqolada Usmon Azim she’riyatidagi kuz motivi orqali tabiat bilan ruhiyat uyg‘unligini aniqlash maqsad qilingan. Maqolada qiyosiy-tipologik va biografik tahlil metodlari qo‘llanildi. Natijada Usmon Azim she’riyatida peyzajning makon  va  zamon  xususiyatiga  ko‘ra  mavsumiy  peyzaj,  darajasi  va  ko‘lamiga  ko‘ra  milliy  peyzaj  turi  ko‘proq  ko‘zga 
tashlanishi  aniqlandi.  “Kuz”  shoirning  umr  sarhisobi,  yetuklik  pallasidagi  hayotiy  xulosalar  va  falsafiy  kuzatuvlarining mushohadaviy  poetik  talqinidir.  Usmon  Azim asarlarining xronologiyasi  bo‘yicha  tahlil  qilinganda,  “kuz”  obrazi  dastlab baxtiyorlik kayfiyatidan ayriliq hissi ufurib turgan horg‘inlik, umidsizlik ramziga aylana borishi kuzatiladi. Qolgan fasllardan “qish” peyzaji ikki xil mazmunni ifoda qilganini ko‘rish mumkin. Fasllar Usmon Azim ijodining mundarijaviyligini boyituvchi jihat hisoblanadi. Shu jihatdan kelib chiqib, uning ijodini fasllarga bo‘lib o‘rganish kelgusida qilinadigan tadqiqotlar uchun yaxshi ob’ekt bo‘la oladi degan fikrdamiz. Usmon Azimning she’rlarida tabiat she’rdagi nafaqat estetik qadriyat, balki, oliy axloqiy  kategoriya  sifatida  ham  namoyon  bo‘ladi.Usmon  Azim  she’rlarida  inson  qalbidagi  og‘riqlarni,  azaliy  anduhlarni tabiat manzaralariga chog‘ishtirib chuqur dramatizm bilan tasvirlaydi.  Milliy peyzajlar shoir ruhiyati,  o‘zi tug‘ilib o‘sgan makon va boshqa tabiat unsurlari bilan chambarchas bog‘liq degan xulosaga kelindi. 

#образ #метафора #рамз #миллийлик #мотив #пейзаж #лирик қаҳрамон #эстетик категория #ахлоқий қадрият