Articles : Isakov Khayatulla
Tadqiqotlar мochevina va formaldegidning o‘zaro ta'siri natijasida mono-, di- va trimetilolмochevina hosil bo‘lishini o‘rgandi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi gal kislotasining mono-, di- va trimetilolmochevina bilan efirlarini hosil boʻlishini oʻrganishdan iborat boʻldi.Tadqiqotda mayda organik sintez, IK, mass-spektrometriya, erish nuqtasini oʻlchash, yupqa qatlam, ustunli xromatografiya usullari qoʻllanildi. Efirlarning tuzilishi shuni ko‘rsatdiki, eterifikatsiya reaksiyasi gallik kislotaning karboksil guruhi va metilol karbamidning gidroksil guruhi hisobiga boradi.
#ammiak #monometilolmochevina #mochevina #formal’degid #gall kislotasi #gallatlar #benzoy kislotasi
Bugungi kunda yuqori molekulyar birikmalar xossalari va ular ishtirokidagi kimyoviy reaksiyalarni nazariy jihatdan yuqori aniqlikda aniq aytib berish sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar muhim hisoblanadi.Ushbu maqolada furfurolidenkarbamid olish uchun kerakli furfurol va karbamid molekulalarining reaksion qobiliyatlari zamonaviy Gaussian98 kompyuter dasturi yordamida xisoblangan natijalari keltirilgan. Furfurolidenkarbamid molekulasining elektron tuzilishi, optimallashgan geometrik parametrlari, atom zaryadlarini yuqori aniqlikda hisoblandi. Birikmaning reaksion qobiliyati bo‘yicha nazariy jihatdan kerakli natijalar olindi.
#karbamid #furfurol #furfurolidenkarbamid #kvant-kimyoviy hisob #atom zaryadi #bog‘ uzunligi